Koreyada «shifoxona ostidan» 50 ta bomba topildi
Pxenyanda qurilish ishlari paytida Koreya urushi (1950-1953) davrida portlamay qolgan o‘nlab bombalar topildi, deya xabar berdi «Nodon sinmun» gazetasi.
«Yaqinda Pxenyan shifoxonasini qurish vaqtida poydevor uchun qazilgan chuqurlikdan urush davrida portlamay qolgan o‘nlab bombalar topildi. Bu odamlarni hayratga solib qo‘ygan», — deyiladi nashr xabarida.
Jami 50 ta 50 kilogrammli va bitta 250 kilogrammli bomba chiqqan. Xavfsizlik xizmati xodimlari ularning hammasini zararsizlantirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter