Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi qo‘lbola aroq ichgan 37 turkmanistonlik vafot etdi

Koronavirusga qarshi qo‘lbola aroq ichgan 37 turkmanistonlik vafot etdi

Turkiyaning Istanbul shahrida koronavirusga qarshi «dori» sifatida qo‘lbola aroq ichgan 37 nafar Turkmaniston fuqarosi olamdan o‘tdi. Bu haqda «Xroniki Turkmenistana» nashriga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.

13 mart kuni 61 nafar turkmanistonlik kasalxonalarga olib borilgan, ulardan 24 nafari hamon reanimatsiya bo‘limida qolmoqda. Qo‘lbola araq tayyorlash bo‘yicha 11 turkmanistonlik va bir necha nafar Turkiya fuqarosi qo‘lga olingan.

Xabarda aytilishicha, turkmanistonliklarga go‘yoki yurtlarida ishlab chiqarilgan aroq sotilgan. Holbuki, bu suv qo‘shilgan metil spirti bo‘lgan, soxta yorliqlar ham Turkiyada bosilgan.

Aviaqatnovlar to‘xtagani bois aroqdan zaharlanib o‘lganlarning jasadini Turkmanistonga olib ketishning iloji bo‘lmagan, marhumlar Istanbuldagi qabristonlardan biriga ko‘milgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring