KXDR Janubiy Koreya prezidentining AQShga safarini xoinlik deb atadi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning AQShga tashrifi provokatsiya va KXDRga nisbatan dushmanlik siyosatining odatiy ko‘rinishi. Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi ikki davlatning harakatlarini shunday tanqid qildi.
«Xoin, qo‘g‘irchoq Yun Sek Yeolning bu safari, KXDRni yo‘q qilish bo‘yicha hamkorlikka qaratilgan. Bu eng tajovuzkor va provokatsion sayohat, yadro urushi nuqtai nazaridan xavflidir», – deyilgan xabarda.
Agentlikning qayd etishicha, Shimoliy Koreyani tiyib turish AQSh va Janubiy Koreya rahbari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy mavzusiga aylangan.
Nashr shuningdek, Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida yadroviy masalalar bo‘yicha maslahat guruhining tashkil etilishi, Koreya yarim orolida AQSh strategik yadro suv kemalarini joylashtirishi KXDRga qarshi yadroviy urushni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishdan darak berishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 aprel kuni AQSh va Janubiy Koreya rahbari Vashingtonda uchrashib, AQShning yadroviy suv osti kemalarini Janubiy Koreyaga joylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter