Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR va Janubiy Koreya yuqori darajada uchrashuv o‘tkazadi

KXDR va Janubiy Koreya yuqori darajada uchrashuv o‘tkazadi

Foto:«Mainichi.jp»

KXDR hukumati rasmiy Seulga 16-may kuni yuqori darajada uchrashuv o‘tkazish taklifini bildirdi.  Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilgan.

Janubiy Koreya mazkur taklifni qabul qilgan. Hozir tomonlar bo‘lajak uchrashuv rejasini muhokama qilmoqda. Muzokaralar asnosida Qizil xoch orqali muloqotni, ikki davlatda yashovchi qarindoshlarning uchrashishlari, Osiyo o‘yinlarida koreys sportchilarining bir jamoa bo‘lib qatnashishi masalalari ko‘rib chiqiladi.

27-aprelda bo‘lib o‘tgan ikki Koreya sammitidan so‘ng ushbu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashgani, ikki davlat rahbarlari Koreya urushini shu yil oxirigacha tugatishga kelishib olgani qayd etilgandi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring