Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litvada Pentagonning ikkita bataloni joylashtiriladi

Litvada Pentagonning ikkita bataloni joylashtiriladi

Foto: «Baltnews»

Litvada aprel oyining oxiri yoki may oyi boshlaridan Pentagon (AQSh armiyasi)ning batalonlari soni ikkitaga yetadi. Bu haqda Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas bayonot berdi.

«Muayyan muddat Litvada Amerikaning ikkita bataloni joylashtiriladi. Aprel oxiri yoki may oyi boshlarida yangi batalon yetib keladi. Litvadagi oldingi Amerika bataloni rotatsiya qilinmaydi (joyida qoladi)», — dedi Anushauskas.

Mudofaa vazirining aytishicha, 2021-yildan NATOning Litvadagi harbiy xizmatchilari soni ming nafarga oshgandi va yana shuncha miqdorga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring