Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviyadagi portlashda ikki general halok bo‘ldi

Liviyadagi portlashda ikki general halok bo‘ldi

Foto: EPA

Liviya poytaxti Tripoli yaqinidagi Janzur shaharchasida joylashgan harbiy-dengiz bilim yurtida portlash yuz berdi. Bu haqda «Al Arabiya» telekanali xabar berdi.

«Almarsad» nashrining «Twitter» sahifasida berilgan ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida Janzur harbiy-dengiz akademiyasi komandiri, general Ahmad Ayyub hamda harbiy-dengiz bilim yurti komandiri, general Salim Abu Saloh halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash o‘q-dori omborida sodir bo‘lgan. Portlashdan so‘ng yuzaga kelgan yong‘in bilim yurti kampusining bir qismiga tarqalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring