Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

London metrosida portlash yuz berdi (video)

London metrosida portlash yuz berdi (video)

Foto: «Rtvi.com»

London janubidagi Elefant end Kasl hududidagi metroda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda London o‘t o‘chiruvchilar jamoasi o‘zlarining Twitter akkauntida ma’lum qilishdi.

«Lenta.ru» bilan suhbatda o‘t o‘chiruvchilar jamoasi vakillari temir yo‘l arkalari ostidagi do‘konlar va yaqin atrofdagi bir nechta mashinalar yonayotganini tushuntirdilar. Ta’kidlanishicha, voqea joyida 100 ta o‘t o‘chiruvchi va 15 ta texnika ishlamoqda. Mahalliy aholidan uylaridan chiqmaslik hamda deraza va eshiklarni yopib qo‘yish so‘ralgan.

Yong‘in sabablari va jarohat olganlar soni hozircha noma’lum. Shu bilan birga, mahalliy politsiya allaqachon portlash terakt deb hisoblanmasligini aytgan.

Voqea joyidan olingan kadrlarni Twitter foydalanuvchilari joylashtirmoqdalar. Turli videolarda bekatdan qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring