Londonda noma’lum shaxs avtomobilini masjid yaqinidagi odamlar ustiga haydadi
![Londonda noma’lum shaxs avtomobilini masjid yaqinidagi odamlar ustiga haydadi](http://static.xabar.uz/crop/3/0/720_460_95_3068788818.jpg)
London shahri g‘arbida musulmonlar markazi yaqinida bir kimsa avtomobilini odamlar ustiga haydadi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» nashri.
Voqea bugun, 19 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:30 da Oksgeyt-Leyn tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan. Ular shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Avtomobil haydovchisi voqea joyidan yashiringan. Politsiya xodimlari uni qidirishyapti. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqeaning terrorizmga aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter