Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko o‘z shifokorini pora ustida qo‘lga oldi

Lukashenko o‘z shifokorini pora ustida qo‘lga oldi

Foto: «BELTA»

Belarusda pora olishda ayblangan bir talay vrach-ortopedlar qo‘lga olindi. Prezident Aleksandr Lukashenko «shaxsan o‘zi nazorat qilgan ushbu operatsiya» haqida sog‘liqni saqlash vaziri, bosh prokuror va KGB (DXQ) raisi bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Prezidentning aytishicha, qo‘lga olinganlar operatsiya stolida yotganlarga import ortopedik «zapchastlar» qo‘yilishi va’dasini berib, evaziga kattagina pul undirib kelishgan. Ularning ayrimlarining uyidan 300 mingdan 650 ming yevrogacha naqd pul topilgan.

«Afsuski, qo‘lga olingan 35 shaxs orasida davlat rahbarini bir necha marta ko‘rikdan o‘tkazgan «prezident vrachi» ham bor. Bundan qayg‘udaman, biroq qonun — hammaga barobar», — ta’kidlagan Lukashenko.

Xabarga ko‘ra, DXQ 2018-yilda Belarus Travmatologiya va ortopediya RIAM direktori Aleksandr Beletskiyni pora bilan qo‘lga olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring