Magnus Karlsenning «mojaroli» jinsi shimi 36,1 ming dollarga sotildi

Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen o‘tgan yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida mojaroga sabab bo‘lgan jinsi shimni 36 100 dollarga sotib yubordi.
Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Jinsi shim eBay onlayn auksion saytida sotuvga qo‘yilgan va unga jami 94 ta xaridor taklifi kelib tushgan. Xabarda aytilishicha, savdodan tushgan mablag‘ Big Brothers Big Sisters xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr kuni Karlsen kiyinish qoidalarini buzgani uchun Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan diskvalifikatsiya qilingan va 200 dollar jarimaga tortilgan edi. Norvegiyalik shaxmatchi turnirga jinsi shimda kelgan va kiyimini almashtirishdan bosh tortgan. Karlsenning aytishicha, u ertasi kuni kiyim almashtirishni reja qilgan, biroq tashkilotchilar uni imkon qadar tezroq almashtirishni talab qilishgan va bu uning uchun prinsipial masalaga aylangan.
Keyinroq FIDE qoidalariga o‘zgartirish kiritib, blits-turnirda jinsi shimlarda ishtirok etishga ruxsat berganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter