Malilik «o‘rgimchak-odam»ga Fransiya fuqaroligi berildi

Shu yilning may oyi oxirlarida Parijdagi balkonlarning birida osilib qolgan yosh bolakayni qutqargan malilik migrant Mamudu Gassama haqida xabar bergandik. O‘shanda voqeadan xabar topgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron malilik qahramon bilan shaxsan uchrashgan va unga mamlakat fuqaroligini berishni va’da qilgandi.
Mana, o‘rtada uch oydan ziyod vaqt o‘tdi va Mamudu Gassama Fransiya fuqarosiga aylandi. Bu haqda «Life» xabar berdi.
Gassama Fransiyaga 2017-yilning sentyabr oyida noqonuniy tarzda kelgandi. May oyida esa to‘rtinchi qavat balkonida osilib qolgan bolani qutqardi.
Darvoqe, u iyul oyidan beri Parij yong‘in xavfsizligi xizmatida ish o‘rganyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter