Mashhur Kenzo brendi asoschisi koronavirusdan vafot etdi

Yaponiyalik modeler, Kenzo brendi asoschisi Takada Kenzo 82 yoshida koronavirus oqibatida vafot etdi. Dizaynerning oila a’zolariga ko‘ra, u Fransiyaning Neyi-syur-Sen kommunasidagi shifoxonalardan birida olamdan o‘tgan.
«Takada yarim asr davomida moda sanoatining ramzlaridan biri bo‘lib keldi» -, deyiladi moda uyi xabarida.
Takada Kenzo 1939-yil Yaponiya shimolidagi Ximedzi shahrida tug‘ilgan. (prefektura Xego). 1965-yil Parijga ko‘chib kelgan, 70-yillarda o‘z brendiga asos solgan.
Uning brendida Anri Russoning ekzotik primitivizmi osiyocha ruh bilan uyg‘unlashib ketgani aytiladi. 1988-yilda o‘zining birinchi parfyumeriya liniyasini yaratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter