Mashhur xonanda Tina Tyorner vafot etdi
Tina Tyorner uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. 2016 yilda unga ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan, 2017 yilda esa qo‘shiqchiga buyrak ko‘chirib o‘tkazilgandi. Unga eri Ervin Bax donorlik qilgan edi.
«Rok-n-roll malikasi» Tina Tyorner Shveysariyaning Syurix yaqinidagi Kyusnaxtdagi uyida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 83 yoshida vafot etdi. Dunyo musiqa afsonasini yo‘qotdi», dedi xonandaning vakili.
Rolling Stone jurnali sakkizta «Gremmi» mukofoti sohibini zamonamizning eng buyuk qo‘shiqchilaridan biri deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter