Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymunchechak bo‘yicha favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha favqulodda holat bekor qilindi

Foto: CDC/Brian W.J. Mahy/Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus dunyoda maymunchechak bo‘yicha favqulodda holat tugaganini e’lon qildi.

Brifing xalqaro tashkilotning Twitter sahifasida namoyish etilgan. 

«Maymunchechak va COVID-19 bo‘yicha favqulodda vaziyatlar tugatilgan bo‘lsa-da, takroriy to‘lqinlar xavfi saqlanib qolmoqda. Ikkala virus ham tarqalishda va odamlarni halok qilishda davom etmoqda», — dedi Gebreyesus.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi o‘tgan yilning may oyidan boshlab turli mamlakatlarda tarqala boshlagan.

2022-yil iyul oyida JSST maymunchechak kasalligi sababli favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring