Maymunning mevalariga ko‘z olaytirgan hayvonot bog‘i xodimining ishi tergovda
Osaka (Yaponiya) hayvonot bog‘ida janjal chiqdi. Ya’ni bu yerda yashovchi maymunlarga sabzavot va mevalar yetishmayotgani aniqlandi.
Ichki tekshiruv davomida videokuzatuv kameralaridagi ko‘plab yozuvlar ko‘rib chiqildi. Shunday qilib, hayvonot bog‘ida ishlaydigan 47 yoshli erkak maymunlar haqiga bir oydan beri xiyonat qilgani ma’lum bo‘ldi. U meva va sabzavotlarni o‘g‘irlab, uyiga olib ketgan. Keyinroq o‘g‘ri haqiqatan ham o‘g‘irlangan narsalarni yeganini tasdiqladi. Hatto u maymunlarga tegishli mevalarni do‘konlarga topshirib sotishga ham ulgurgan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyati ta’kidlashicha, ular maymunlar uchun odamlar yeyishi mumkin bo‘lgan sarhil meva va sabzavotlarni xarid qilishadi. Lekin bu hech qanday tarzda o‘g‘irlikni oqlamaydi. Hozirda o‘g‘ri xodimning ishi tergovga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter