Meksika ko‘rfazida yonayotgan suvni qanday o‘chirishdi? (video)

Meksika ko‘rfazida «Pemex» kompaniyasiga qarashli neft quvuri yorilishi oqibatida okean yuzasida ulkan yong‘in hosil bo‘ldi. Olovni o‘chirishga besh soatdan ko‘p vaqt ketdi, deya xabar berdi «Reuters» bugun, 3-iyul kuni.
Neft xavfsizligi muvofiqlashtiruvchisi (ASE) rahbari ushbu hodisa oqibatida neft sizmaganini ta’kidlagan. Biroq suv yuzasida yongan narsa nima ekaniga u oydinlik kiritmagan. Olov 78 metr chuqurlikkacha kirib borgan.
«Reuters» manbasiga ko‘ra, yashin va kuchli yomg‘irlardan ishlab turgan turbomashinalar zarar ko‘rgan. «Pemex» ishchilari okeandagi ulkan yong‘inni o‘chirishda azotdan foydalanishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter