Migrantlarning farzandlari uchun pullik ta’limni joriy qilish — Rossiya konstitutsiyasiga zid

Rossiya maktablarida migrantlarning farzandlari uchun pullik ta’limni joriy qilish — Rossiya konstitutsiyasiga zid, dedi mamlakat ta’lim vazirligi vakili.
«Konstitutsiyamizga ko‘ra, Rossiyaning barcha fuqarolari va chet el fuqarolariga ta’lim olish huquqi berilgan. Ya’ni bu Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan barcha odamlar uchun umumiy huquqdir. Konstitutsiyada barcha uchun umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi — bepul, oliy ta’limning esa tanlov asosidagi qismi bepul bo‘lishi belgilab qo‘yilgan», — dedi ta’lim vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Reut.
Avvalroq Davlat dumasining mehnat qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov deputatlar yangilangan fraksiyalararo qonun loyihasini parlament palatasiga kiritishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgandi. Unda migrantlarning farzandlari uchun maktablarda bepul ta’lim olishni taqiqlash ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter