Mina haqidagi xabar Kaliningrad – Moskva reysini ortga qaytardi

Kaliningraddan Moskvaning Vnukovo aeroportiga uchgan samolyot Xrabrovo xalqaro aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Samolyot minalashtirilgani haqida xabar berilgan.
«Xrabrovodan samolyot parvoz qilganidan oradan 20 daqiqa o‘tib minalashtirilgani haqida xabar keldi. Samolyot Kaliningradga qaytishga majbur bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Sochi – Sankt-Peterburg reysi samolyoti ham xuddi shu sababli Samaraga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Sankt-Peterburgdan Bishkekka uchgan samolyot yo‘lovchisi (rossiyalik) bortga bomba olib chiqqanini aytganidan so‘ng «Manas» aeroportida maxsus kuchlar tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas