Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miya o‘tkir saratonining asosiy belgisi topildi, balki bu umid uchqunidir

Miya o‘tkir saratonining asosiy belgisi topildi, balki bu umid uchqunidir

Illyustrativ foto

Miya o‘tkir saratoni boshlanishidan oldin bemorning bitta geni yo‘qoladi. Ushbu xususiyatni Kaliforniya universiteti olimlari aniqlashdi.

Ayrimlarda SMARCB1 geni faoliyati to‘xtashi oqibatida nerv tizimida muammolar yuzaga keladi, bosh miyada o‘simta o‘sishi tezlashadi.

Kasallikning ushbu ko‘rinishi ko‘pincha uch yoshgacha bolalarda kuzatiladi. O‘smirlar va katta yoshlilarda kamdan-kam uchraydi. Bu bosh miya saratonining eng xavfli turi. O‘simta o‘sishi juda tez kechadi, davolashning samarali usuli hanuz topilgan emas. Olimlar ushbu kashfiyot kasallikni yengish yo‘llarini topishda naf berishiga umid qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring