Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moralesga to‘rtinchi imkoniyat berilmadi

Moralesga to‘rtinchi imkoniyat berilmadi

Foto: AP

Evo Moralesga Boliviya prezidentligiga to‘rtinchi marta saylanishga imkoniyat berilmadi.

Sotsialistlar sobiq yetakchisi Evo Morales Boliviyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ta olmadi: mamlakat saylov sudi tomonidan e’lon qilingan 10 nafar nomzod ro‘yxatida uning nomi yo‘q.

Siyosatchining o‘zi partiyasi uni prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatish uchun saylov qonunchiligi talablarini bajarganini ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Sud qarori ustidan shikoyat qilish rejalashtirilganmi, Morales bunga oydinlik kiritmadi.

Jahon matbuoti «ziddiyatli shaxs» deya ta’riflaydigan Evo Morales uch marta Boliviya prezidentligiga saylangan (2006–2019). Mamlakatda uning siyosatiga qarshi isyonlar tizgindan chiqib ketganidan so‘ng, 2019-yil 10-noyabrda iste’foga chiqqan.

Morales yaqindagi bayonotida agar unga to‘rtinchi muddatga nomzodini qo‘yishga va avgust oyidagi saylovda ishtirok etishga ruxsat berilmasa, mamlakatda noroziliklar avj olishi muqarrar ekanidan ogohlantirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring