Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO bosh kotibi Erdo‘g‘on bilan muzokaralar tafsilotini oshkor qildi

NATO bosh kotibi Erdo‘g‘on bilan muzokaralar tafsilotini oshkor qildi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga a’zolik masalalarini muhokama qildi. U tvitter sahifasida muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.

Stoltenberg suhbat chog‘ida blokning ochiq eshiklar siyosati muhimligini ta’kidlaganini qayd etdi. «Biz alyansdagi barcha a’zolarning xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarini hisobga olish zarurligiga kelishib oldik», deydi u.

Yakunda bosh kotib tomonlar yechim topish uchun muzokaralarni davom ettirishga kelishib olganliklarini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 16 may kuni Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shvetsiya hamda Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lib kirishiga qarshi ekanini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring