NATO Rossiya ustidan «tezkor g‘alaba» bo‘yicha strategiya tayyorlamoqda — Bloomberg
Bloomberg agentligi xabar berishicha, 12 oktyabr kuni NATOning Yevropadagi Oliy Ittifoqdosh Kuchlari Qo‘mondoni Aleksus Grinkevich Rossiya bilan potensial mojaro yuzaga kelgan taqdirda Polshada «tezkor g‘alaba» strategiyasini taqdim etadi.
Strategiyada potensial hujumlarga qarshi kurashish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari va sun’iy intellekt boshqariladigan nishonga olish tizimlaridan foydalanish taklif etiladi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, «G‘alaba nazariyasi» deb nomlangan strategiyada hujum sodir bo‘lgan taqdirda, NATO Rossiya va Belarus bilan chegaralarbo‘ylab yer usti mudofaa kuchlari va boshqa aktivlardan foydalanishi mumkinligi aytilgan.
Agentlikning ta’kidlashicha, boshqa narsalar qatori, reja asosan avtonom ravishda ishlaydigan «arzon dronlar» va harbiy texnika tizimlaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Strategiyaning maqsadi Rossiyaning Yevropa mamlakatlariga potensial hujumi holatida NATOning harakatlarini aniqlashtirishdir, bu Yevropa mamlakatlari tomonidan tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan, NATOning sharqiy qanoti, jumladan, Polsha, yozdan beri o‘z mavqeini mustahkamlay boshladi.
Sentyabr oyi o‘rtalarida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat Yevropaga hujum qilish niyatida emasligini ta’kidlagandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter