Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navalniyning bevasi prezident saylovida kimga ovoz berganini aytdi

Navalniyning bevasi prezident saylovida kimga ovoz berganini aytdi

Qamoqxonada vafot etgan rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya 17 mart kuni prezident saylovida ovoz berish huquqidan foydalandi.

DW xabariga ko‘ra, Navalnaya Rossiyaning Berlindagi elchixonasiga kelib ovoz bergan.

«Byulletenga nima yozganim, kimga ovoz berganim sizni qiziqtirayotgan bo‘lsa kerak. Albatta, men (byulletenga) Navalniy familiyasini yozib qo‘ydim», – dedi u jurnalistlarga.

19 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan muxolifatchi Aleksey Navalniy joriy yil 16 fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi 3-sonli jazoni ijro etish muassasasida vafot etgan edi.

Turmush o‘rtog‘ining o‘limida Rossiya rahbari Vladimir Putinni ayblagan Yuliya Navalnaya marhum erining faoliyatini davom ettirish niyatini oshkor qildi.

Aleksey Navalniy o‘limi arafasida tarafdorlarini prezidentlik saylovi kunlari «Putinga qarshi choshgoh» aksiyasini o‘tkazishga chorlagan edi.

17 mart kuni Rossiyaning qator shaharlari va xorijdagi elchixonalarida mazkur aksiya o‘tkazildi. Saylov uchastkalarida turnaqator navbat hosil qilgan rossiyaliklar Putinning navbatdagi muddatga saylanishiga o‘z noroziligini bildirdi.

Yuliya Navalnaya ham Berlinda tashkil qilingan «Putinga qarshi choshgoh» aksiyasida hozir bo‘ldi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Vladimir Putin 87,32 foiz ovoz to‘plagan holda yetakchilik qilayotganini ma’lum qildi.

Avval xabar berganimizdek, bu Rossiyani 1999 yildan buyon idora etib kelayotgan Putin uchun beshinchi prezidentlik saylovidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring