Navalniy va NATO — Nobelga nomzod
![Navalniy va NATO — Nobelga nomzod](http://static.xabar.uz/crop/2/0/720_460_95_2049484336.jpg)
Bu yilgi Nobel mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga 107 nafar kishi va 24 tashkilot nomi kiritildi, deyiladi «Reuters» xabarida.
Ro‘yxatdagilar asosan muxolifatchilar, ayollar huquqlarini himoya qiluvchilar. Qizig‘i, nomzodlar orasida harbiy blok — NATO ham bor.
Ayrim nomzod shaxs va tashkilotlar:
- Steysi Abrams — AQShdagi saylov jarayonlari faoli;
- Deniel Ellsberg — harbiy tahlilchi;
- Aminatu Haydar — huquq himoyachisi (G‘arbiy Sahroi Kabir);
- Aleksey Navalniy — rossiyalik muxolifatchi;
- COVAX — koronavirusga qarshi vaksinani taqsimlash dasturi;
- NATO — harbiy blok;
- «Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi» — notijoriy tashkilot;
- Hong Kong Free Press — yangiliklar sayti;
- «Chegara bilmas reportyorlar» — xalqaro nohukumat tashkiloti.
Eslatib o‘tamiz, Moskva sudi Aleksey Navalniyga 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter