NATO 2026-yilda Ukrainaga 70 mlrd yevro yordam ajratadi
NATOga a’zo davlatlar 2026-yilda Ukrainaga harbiy texnika, shaxsiy tarkib tayyorgarligi va boshqa xavfsizlik ehtiyojlari uchun 70 milliard yevro ajratadi. Bu haqda Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti yakunida qabul qilingan deklaratsiyada ma’lum qilindi.
Hujjatga ko‘ra, alyans 2027-yilda ham Ukrainaga kamida shu miqdorda yordam ko‘rsatish majburiyatini olgan. Deklaratsiyada Ukraina transatlantik xavfsizlikka hissa qo‘shayotgani, NATO mamlakatlari esa Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda yakdil ekani ta’kidlangan.
Sammit ishtirokchilari Rossiyani «Yevroatlantika xavfsizligi va barqarorligi uchun uzoq muddatli tahdid» deb atadi. Shu munosabat bilan NATO mamlakatlari mudofaa sohasiga sarmoyalarni oshirish, harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yuqori texnologiyali qurol-yarog‘larni rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter