Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev qayerda ekaniga rasman oydinlik kiritildi

Nazarboyev qayerda ekaniga rasman oydinlik kiritildi

Foto: «Kazinform»

Nursulton Nazarboyev ayni paytda Qozog‘iston poytaxtida. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, N.Nazarboyev prezident Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan muloqot qilib turibdi. Shuningdek, u bir qator do‘st davlatlar rahbarlari bilan telefonda so‘zlashgan.

«Elboshi mavjud muammolarni bartaraf etish va mamlakat yaxlitligini ta’minlash uchun barchani Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqiradi», – deydi Aydos Ukibay.

Avvalroq Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchi Arkadiy Dubnov o‘z manbalariga tayanib Nursulton Nazarboyev Xitoyda ekani haqida yozgandi.

Bu orada sobiq prezident Qozog‘istonni tark etib, Rossiya, Qirg‘iziston yoki BAAga yo‘l olgani xususida taxminlar ilgari surildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring