Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev qo‘riqchilardan mahrum etilishi mumkin

Nazarboyev qo‘riqchilardan mahrum etilishi mumkin

Qozog‘iston hukumati fuqarolarni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXK) to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi, deb yozadi «TASS».

Agentlik xabariga ko‘ra, gap respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni himoya qilish bo‘yicha departamentning vazifalari haqidagi band haqida ketmoqda.

«Umumxalq muhokamasi 24-noyabrga qadar davom etadigan hujjatga ko‘ra, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi to‘g‘risidagi amaldagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, 14-band 2-kichik bandining 13-qismini boshqa tahrirda bayon etish taklif qilinmoqda, unga ko‘ra qo‘mita Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishi» shart. Ushbu bandning oldingi tahririda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi «Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshining xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishi» shartligi aytiladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda Nazarboyevga berilgan vakolat va imtiyozlar 2022-yil yanvar namoyishlaridan keyin deyarli bekor qilindi. Jumladan, u mamlakat Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini yo‘qotdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring