Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz tug‘iladi — olimlar javobni topishdi

Nega ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz tug‘iladi — olimlar javobni topishdi

Foto: LiveJournal

Dunyoda har yili taxminan teng sonli o‘g‘il va qiz bolalar tug‘iladi, biroq ayrim oilalarda faqat o‘g‘il, ba’zilarida faqat qiz bolalar dunyoga keladi. Ushbu fenomen jarayonda ota-onalar geni qanday rol o‘ynashi mumkinligi nuqtai nazaridan tadqiqotchilar e’tiborini tortdi, deb yozdi Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences.

Olimlar 500 ming nafar britaniyalik haqida ma’lumot saqlanuvchi Britaniya biobanki ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, rs144724107 genidagi bir nukleotidli o‘zgarish qiz bola tug‘ilishi ehtimolini 10 foizga oshiradi. Biroq bunday o‘zgarish atigi 0,5 foiz qatnashchida aniqlangan. Bu o‘zgarish spermatogenez va urug‘lantirishda ishtirok etuvchi ADAMTS14 geni yonida joylashgan.

Shuningdek, tadqiqotchilar jinslar nisbatiga ta’sir qiluvchi yana ikki gen — RLF va KIF20Bni aniqlashdi. Ammo olimlarning fikricha, xulosa chiqarishga erta, bu genlarning xususiyatlarini boshqa tanlovlarda qo‘shimcha tekshirish zarur.

Olingan ma’lumotlar Fisher prinsipi — evolyusion biologiya nazariyasiga muvofiq keladi, unda nima uchun populyasiyada jinslar nisbati teng saqlanib qolishiga javob berilgan. Agar populyasiyada bir jins vakillari ko‘p tug‘ilishi boshlansa, tabiiy tanlov ishga tushib «kamyob» jins tug‘ilishini ko‘paytiradi va o‘rtadagi muvozanat tiklanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring