Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda davlat xizmatiga nomzodlar yolg‘on detektori orqali sinovdan o‘tkazilishi mumkin

Qirg‘izistonda davlat xizmatiga nomzodlar yolg‘on detektori orqali sinovdan o‘tkazilishi mumkin

Qirg‘izistonda davlat va munitsipal xizmatga nomzodlarni ishga qabul qilishda ularni poligraf orqali sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat xizmati va mahalliy boshqaruv bo‘yicha davlat agentligi direktori Kudaybergen Bazarbayev ma’lum qilgan.

«Shahar va davlat organlaridagi rahbarlik lavozimlariga ishga qabul qilinishidan oldin nomzodlar poligrafdan o‘tkaziladi. Bundan asosiy maqsad nomzodning korrupsiyaga moyilligini aniqlash.

Poligraf davlat va munitsipal xizmatchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llaniladi va boshqaruvga vatanparvarlarni jalb qilishga ko‘mak beradi», — dedi u.

Bazarbayevning ta’kidlashicha, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish ishlari allaqachon boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring