Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya Belarusning rasmiy nomini o‘zgartirdi

Norvegiya Belarusning rasmiy nomini o‘zgartirdi

Foto: «Rambler»

Norvegiya tashqi ishlar vaziri Anniken Xyuitfeld belarus xalqini qo‘llab-quvatlash maqsadida mamlakatning Norvegiyada qo‘llanilayotgan rasmiy nomi o‘zgartirilganini ma’lum qildi.

Endi norveglar bu mamlakatni Belarus, deb atashadi. So‘zma-so‘z tarjimasi «Oq Rossiya» ma’nosini beruvchi Hviterussland dan voz kechildi (norveg tilida: hvite — «oq», Russland — «Rossiya»).

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Norvegiya parlamentining ushbu qarori nafaqat ramziy ahamiyatga egaligi, shuningdek Belarusda demokratiyani qo‘llab-quvvatlashni anglatishini ham ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring