Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya Bosh vaziri jarimaga tortildi

Norvegiya Bosh vaziri jarimaga tortildi

Foto: «TASS»

Norvegiya politsiyasi mamlakat bosh vaziri Erna Sulbergni hukumat tomonidan o‘rnatilgan karantin cheklovlarini buzgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters xabariga tayanib Mir24 xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, fevral oyi oxirida Sulberg 60 yoshini tog‘dagi dam olish restoranida oilasi va do‘stlari bilan nishonlagan. Kimdir hisoblab chiqib mehmonlar soni 10 kishini emas, aslida 13 kishi ekanini politsiyaga oshkor qilgan.

Sulberg yubileyda mehmonlar soni belgilangan miqdordan oshib ketganligi uchun uzr so‘raganiga va qonunda bunday holatlarda jarima belgilanmasligini nazarda tutganiga qaramay, Ser-Est tumani politsiya bo‘limi boshlig‘i Ole Severud jazo tayinlashga qaror qilgan.

Jarima miqdori 20 ming Norvegiya kronasini (2352 dollar) tashkil etgan. Jazo qo‘llanishi munosabati bilan politsiya boshlig‘i matbuot anjumanini chaqirib, unda aynan hukumat boshlig‘i huquqbuzar bo‘lganligi sababli jarimaga tortilgani va boshqalarga ushbu holat namuna bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlagan.

«Qonun hamma uchun bir xil bo‘lsa-da, hamma qonun oldida teng emas. Sulberg mamlakatning yetakchisidir va u virus tarqalishiga qarshi kurashish uchun qo‘yilgan cheklovlarning boshida bo‘lgan. Shu sababli, jamoatchilikning ijtimoiy cheklovlar qoidalariga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish uchun jarima solinishi to‘g‘ri edi», — deya ta’kidlaydi Ser-Est tumani politsiya bo‘limi boshlig‘i Severud.

Sulbergning o‘zi ziyofat uyushtirishda hech qanday aloqasi bo‘lmaganligi, ammo turmush o‘rtog‘i hamma narsani tashkillashtirib, to‘lovlarni amalga oshirgani haqida ta’kidlab o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring