«Novaya gazeta» tahririyatiga tirik qo‘ylarni tashlab ketishdi
«Novaya gazeta» tahririyati joylashgan bino oldiga tirik qo‘ylar solingan uchta qafas qoldirib ketildi. Jonivorlarning suratini nashrning matbuot kotibi Nadejda Prusenkova «Facebook»dagi sahifasiga joylashtirdi.
Qo‘ylarni kim keltirgani noma’lum. Qo‘ylarga «Matbuot» yorlig‘i bor nimcha kiydirilgan...
Oktyabr oyida ham shunga o‘xshash voqea bo‘lgan, faqat unda dafn gulchambari va so‘yilgan qo‘yning boshi qoldirib ketilgan — jurnalist Denis Korotkovga tahdid qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, «Novaya gazeta» ijtimoiy-siyosiy nashr bo‘lib, 1993-yilning 1-aprelidan chiqa boshlagan. Tahririyati Moskva shahrida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter