Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nufuzli «Time» jurnali o‘quvchilari yil odamini tanlashdi

Nufuzli «Time» jurnali o‘quvchilari yil odamini tanlashdi

Foto: RIA Novosti / RBK

Nufuzli «Time» jurnali o‘quvchilari yil odamini tanlashdi — Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru hammadan ko‘p ovoz (24 foiz) to‘pladi.

9 milliondan ortiq o‘quvchilar ovoz berishda qatnashdi: ular yilga eng ko‘p ta’sir (yaxshi yoki yomon) o‘tkazgan odamlar yoki guruhlarni aniqlashdi.

Jair Bolsonaru. Foto: «RIA Novosti»

Pandemiya yilida «Braziliya Trampi» eng ko‘p ovozni to‘plashi e’tiborga molik hodisa. Emlashlarga tish-tirnog‘i bilan qarshi Bolsonaru vaksina qabul qilganlar «timsoh»ga aylanib qolishini aytishdan ham toymagan. Umuman olganda, Bolsonaru havas qilgulik ahvolda emas: mamlakat iqtisodiyoti o‘tirib qolgan, prezident ustidan esa COVID-19ga qarshi kurash kampaniyasini barbod qilganlikda ayblab jinoyat ishi ochishni rejalashtirishmoqda. Shuncha muammo, tanqidlarga qaramay, Bolsonaru 2022-yilda ikkinchi muddatga ham prezidentlikka nomzodini ilgari surish niyatida.

Donald Tramp. Foto: «RIA Novosti»

Darvoqe, navbatdagi saylovda (AQSh prezidentligi uchun) qatnashishni rejalashtirayotgan haqiqiy Donald Tramp «Time» so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egalladi — ovozlarning 9 foizi. Bu qaysar siyosatchilar keyingi muddatda ham o‘z mamlakatlarini boshqarishsa ajablanmaymiz.

Foto: RG

Uchinchi o‘rinda — kovidga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlari (6,3 foiz).

Aleksey Navalniy. Foto: RBK

To‘rtinchi o‘rinda — rossiyalik yurist va korrupsiyaga qashi kurash bo‘yicha faol Aleksey Navalniy (6 foiz).

Caption

Beshinchi o‘rinda — COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqqan olimlar (5,3 foiz).

«Time» muharrirlari tanlagan «2021-yil odami» dekabr oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring