Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yil odami» nomi e’lon qilindi

«Yil odami» nomi e’lon qilindi

Time jurnali talqini bo‘yicha yil odami qo‘shiqchi Teylor Svift bo‘ldi.

Nomzodlar ro‘yxatiga Rossiya rahbari Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpin, OpenAI asoschisi Sem Altman va «Barbi» ham kirdi, sababi u joriy yilda eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi.

Putin so‘nggi 24 yil ichida Time talqiniga ko‘ra «Yil odami» unvoni uchun da’vogarlar qatorida bo‘lgan, biroq u faqat bir marta — 2007-yilda g‘olib bo‘lgan.

«Yil odami» dunyoga katta ta’sir ko‘rsatgan va o‘tgan yilgi yangiliklar kun tartibini ko‘p jihatdan belgilab bergan shaxs yoki odamlar guruhi sifatida tan olinishi mumkin, deya qayd etadi nashr. 

1938-yilda jurnal Adolf Gitlerni, 1939-yilda esa Iosif Stalinni «Yil odami» deb e’lon qildi.

«Yil odami» nominatsiyasi jurnal tomonidan 1927-yildan beri topshirilib kelinmoqda, an’anaga ko‘ra, g‘olib nomi yilning so‘nggi sonida e’lon qilinadi. O‘tgan yili Vladimir Zelenskiy g‘olib bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring