OAV: Afg‘oniston qurolli kuchlari «Tolibon»ning 60 jangarisini yo‘q qildi

Afg‘oniston qurolli kuchlari «Tolibon» jangarilarining 60 nafarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldilar, deya xabar bermoqda «Khaama Press» nashri.
Jangarilarga qarshi so‘nggi operatsiyalar Afg‘onistonning Logar, Vardak, Gilmend, Uruzgan provinsiyalarida o‘tkazilgan. Unda jangarilarning radioaloqa vositalari va minalari ham yo‘q qilingan.
Mamalakatda rasmiy hukumat va ayrim hududlarni egallab olgan «Tolibon» o‘rtasidagi qarama qarshilik hamon davom etmoqda. Avvalroq, prezident Ashraf G‘ani toliblarni muzokaralarga chaqirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter