OAV: afg‘onistonlik qashshoq fuqaro o‘z qizini 500 dollarga sotishga majbur bo‘ldi

Afg‘onistonda yashovchi o‘ta qashshoq ahvoldagi fuqaro o‘zining 16 yoshli qizini 500 dollarga sotishga majbur bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti oilaga yaqin manbaga asoslanib ma’lum qildi.
Hodisa mamlakat shimoli-sharqidagi Bagdis provinsiyasida sodir bo‘lgan. Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, qizning ismi Najiba, otasi uni boshqa oilaga 50 ming afg‘onga (549,7 dollar) sotib yuborgan.
Avvalroq yana bir afg‘on fuqarosi Times nashriga yetti kishilik oilani ochlikdan qutqarish uchun to‘rt yoshli qizini 590 dollarga sotishga majbur bo‘lgani haqida aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter