OAV: KXDRning AQSh bo‘yicha maxsus vakili qatl etildi

KXDR Bosh kengashining AQSh bilan siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xyok Chxol hamda yana to‘rt nafar yuqori mansabdor shaxs Pxenyandagi Mirim aeroportida otib tashlangan.
Janubiy Koreyaning «The Chosun Ilbo» nashri Shimoliy Koreyadagi o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, ular AQSh foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan.
«Taxminlarga ko‘ra, Kim Chen In (KXDR yetakchisi) «tozalash» o‘tkazishni buyurgan, bu ro‘yxatga AQSh bilan muzokaralarda qatnashgan amaldorlar ham kiritilgan, sammit ko‘zlangan natija bermaganidan so‘ng jamiyatda uyg‘onayotgan ichki norozilik kayfiyatini bostirish uchun shu ishga qo‘l urilgan», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni Xanoy (Vetnam)da AQSh — KXDR sammiti o‘tkazilgan, biroq samarasiz yakunlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter