O‘g‘irlab ketilgan ayol 52 yildan so‘ng oilasi bilan topishdi
Kolumbiyada o‘g‘irlab ketilgan ayol oradan 52 yil o‘tib yaqinlarini topdi.
Mirror nashri yozishicha, Aura Gerrero Leonni o‘g‘irlab ketishgan 1972-yilda u atigi to‘rt yoshda edi. Qizchani Kolumbiya poytaxtidan o‘g‘irlab, 177 kilometrlar naridagi shaharga olib borishadi. Keyinchalik uni ko‘chadan topib olgan oila o‘z qaramog‘iga olib, unga Jina degan ism qo‘yadi.
«Burchakdagi qo‘shni do‘konga pechene sotib olishga chiqqandim. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan qariya meni qo‘rqitib yubordi, undan avtobus panasiga yashirindim. Shu payt bir ayol paydo bo‘lib, meni o‘g‘irlab ketdi. Bo‘yi baland, ozg‘in, sochlari uzun va qora edi», — dedi ayol o‘zi o‘g‘irlangan kunni eslarkan.
Auraning haqiqiy ota-onasi umidlarini so‘ndirishmadi va so‘nggi kunlarigacha uni qidirishdi. Ular olamdan o‘tgach, akasi qizni qidirishga tushdi. Kunlarning birida u ijtimoiy tarmoqda marhuma onasiga juda o‘xshab ketadigan ayolni ko‘rib qoldi. Bu Aura edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter