Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘lim vodiysi»ga borgan sayyoh uchinchi darajali kuyish jarohati oldi

«O‘lim vodiysi»ga borgan sayyoh uchinchi darajali kuyish jarohati oldi

«O‘lim vodiysi» milliy bog‘i.

Foto: Facebook

«O‘lim vodiysi»ga borgan belgiyalik sayyoh Las-Vegasdagi shifoxonaga shoshilinch yotqizildi. U vodiyning qum barxanlarida shippakda yurgan payti uchinchi darajali kuyish jarohati olgan, deyiladi milliy bog‘ vakillari bergan xabarda.

Uchinchi darajali kuyishda terining barcha qatlamlari yemirilib, suyaklar, mushaklar va paylarga ham zarar yetishi mumkin.

AQShning Kaliforniya shtati sharqidagi «O‘lim vodiysi» — Yer yuzidagi eng issiq joylardan, bu yilgi yozda havo harorati 50 darajadan yuqori bo‘lmoqda, qum esa yanada ko‘proq qiziydi. 2021-yil yozida bu yerda havo harorati 53°C dan oshgandi, mutlaq rekord esa 1913-yilda o‘rnatilgan — 56,7 daraja!

Nomiga mos — o‘ta xavfli joy, shunga qaramasdan, bu yerdan sarguzashttalab sayyohlarning qadami uzilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring