Olimlar gazli ichimlik borasida dahshatli xulosaga kelishdi
Yangi tadqiqotlarda gazli ichimlik, pishiriqlar va pitssa iste’molini miya sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va erta o‘lim ehtimolini oshirishi aniqlandi.
6000 ta katta yoshli kalamush va 4000 ta kichik yoshlisida o‘tkazilgan tajribalar asosida ma’lum bo‘ldiki, ba’zi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish xotira va navigatsiya qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari Annals of Neurology jurnalida chop etildi.
O‘n yil davomida 4300 dan ortiq kemiruvchilarning taomlanishini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, gazli ichimlik aqli zaiflik sabablari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Tarkibida trans yog‘lari bo‘lgan non mahsulotlari ikkinchi, pitssa uchinchi o‘rinni egalladi. To‘rt yillik tajriba davomida ishtirokchilarning IQ ko‘rsatkichlari pasaygan.
Shunday qilib, tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nosog‘lom oziq-ovqatlarni iste’mol qilish kognitiv qobiliyatlarni pasaytiradi va erta o‘lim xavfini oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter