Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotada prezident qarorgohi buzib tashlanib, o‘rniga xalq uchun xiyobon quriladi

Olmaotada prezident qarorgohi buzib tashlanib, o‘rniga xalq uchun xiyobon quriladi

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi prezident qarorgohi buzib tashlanib, o‘rniga xalq uchun xiyobon quriladi. Bu haqda Qosim Jo‘mart To‘qayevning matbuot kotibi Berik Vali xabar berdi.

Yanvar voqealari chog‘i, aniqrog‘i, 5-6 yanvar kunlari Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi xizmat qarorgohi vayronaga aylantirilgan edi: birinchi qavatga olib kirilgan mashina portlab, yong‘in sodir bo‘lgandi.

Tiklab bo‘lmaydigan holatga kelgan bino o‘rniga yangisini qurishmoqchi emas. Bu yerga daraxtlar ekib, xalq sayr qiladigan xiyobonga aylantirishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring