Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishini aytdi

Oq uy Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishini aytdi

Foto: «Depositphotos»

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapurning Sentosa orolida uchrashadigan bo‘lishdi. «Gazeta.ru» xabar berishicha, bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders  «Twitter»da yozgan.

«AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi sammit Singapurning Sentosa orolidagi «Kapella» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi», — deb yozgan Sanders.

Matbuot kotibi mehmondo‘stlik uchun Singapur hukumatiga minnatdorlik bildirgan.

Avvalroq diplomatik manbalarga asoslangan «Kyodo» agentligi Tramp va Kim Chen In uchrashuvi Sentosa orolida 12-iyun kuni o‘tkazilishi haqida xabar bergandi. Uchrashuv joyi AQSh hukumati taklifi bilan belgilangani ham ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring