Oxirgi 28 kundan beri koronavirusdan eng kam o‘lim holati kuzatildi — Ispaniya

Ispaniyada oxirgi 28 kunda koronavirusdan eng kam o‘lim holati kuzatildi, so‘nggi sutkada 410 nafar bemor vafot etdi, deb xabar berdi TASS.
Mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri (2020-yil 31-yanvar) koronavirusni yuqtirganlar soni 195944, qurbonlar soni 20453 nafarga yetdi, deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotda. Bemorlarning 77 357 nafari shifo topgan.
Ispaniyada qattiq cheklov choralari 14-mart kuni joriy etilgan bo‘lib, ikki bora muddati uzaytirildi. Bosh vazir Pedro Sanches bu muddatni oxirgi marta 9-maygacha uzaytirishni parlamentdan so‘ramoqchi. 27-apreldan karantin choralari yumshatilishi, 12 yoshgacha bolalarni sayr qildirishga ruxsat berilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter