Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon va Turkiya bayroqlari yoqilganini keskin qoralaymiz – Oyxon Hojizoda

Ozarbayjon va Turkiya bayroqlari yoqilganini keskin qoralaymiz – Oyxon Hojizoda

Rasmiy Boku Armanistonning Yerevan shahrida Ozarbayjon va Turkiya bayroqlari namoyishkorona yoqilganini qoralab bayonot berdi.

«Armaniston poytaxti Yerevan shahri Ozodlik maydonidagi mash’ala yurishi payti Ozarbayjon va Turkiya bayroqlarining oldindan rejalashtirilgan holda va uyushtirilgan tarzda yoqilganini keskin qoralaymiz. Armaniston hukumati va bosh vazir Nikol Pashinyan bunday nafrat jinoyatlari va ksenofobiya harakatlarining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rmog‘i lozim», – deb yozdi Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Ushbu siyosiy provokatsiya 23 aprel kuni Yerevandagi aksiya payti sodir etilgan.

Bayroq yoqish bilan bog‘liq xatti-harakat so‘nggi haftalarda ikkinchi bor kuzatilmoqda. 

Avval xabar berganimizdek, 14 aprel kuni Armanistondagi og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionatining ochilish marosimida Ozarbayjon bayrog‘iga o‘t qo‘yildi. Buning ortidan Ozarbayjon terma jamoasi musobaqalarda qatnashishdan bosh tortdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring