Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda “Lada”ni yig‘uvchi korxona ishga tushishga tayyor – AvtoVAZ rahbari

O‘zbekistonda “Lada”ni yig‘uvchi korxona ishga tushishga tayyor – AvtoVAZ rahbari

AvtoVAZ  “Lada” avtomobillarini eksport qilish hajmini oshirmoqchi.

AvtoVAZ rahbari Maksim Sokolovga ko‘ra, bu ayrim mamlakatlar reglamentidagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Aniqrog‘i, O‘zbekiston va Qozog‘istonda mazkur rusumdagi avtomobillarni yig‘uv sexlari ishlab chiqarish uchun tayyor.

“Ammo “texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha ma’lum davlat choralari” zarur. AvtoVAZ 2023-yilda 10-15 ming avtomobil eksport qilmoqchi. O‘zbekiston va Qozog‘istonda zarur choralar ko‘rilsa, kompaniya bu ko‘rsatkichni 50 foizga oshirishni kutmoqda. 2024-yilda ushbu ko‘rsatkichni 50 mingtagacha oshirishni rejalashtiryapti”, – deydi Sokolov.

Yanvar oyida AvtoVAZ 2023-yil oxiriga qadar 30 mingta avtomobilni eksport qilish rejalarini oshkor qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring