Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik xausmen Novosibirsk mehmonxonasidan million rubl topib oldi va...

O‘zbekistonlik xausmen Novosibirsk mehmonxonasidan million rubl topib oldi va...

Novosibirskda  «Azimut» mehmonxonasida ishlagan o‘zbekistonlik 24 yoshli fuqaro o‘g‘irlik jinoyati uchun sud qilinmoqda. U mijoz xonasini tozalayotganda pul solingan sumka topib oldi.

Tergov aniqlaganidek, 2023-yil iyun oyida o‘zbekistonlik mehmonxona xodimi xonalardan birini tozalayotganda to‘shak ostidan  bir qop pul topib olgan. Ya’ni mehmonxona mehmoni matras ostida saqlagan 1 million rublga yaqin pulni. Yigit sumkadagi pulni olib, mehmonxonani tozalashni to‘xtatadi va jinoyat joyidan qochib ketadi.

U mehmonxonadan chiqib O‘zbekistonga chipta sotib oladi va vataniga ketayotgan erkak huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring