Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlikning qoramollarini o‘zlashtirib olgan qirg‘izistonlik mansabdor qamoqqa olindi

O‘zbekistonlikning qoramollarini o‘zlashtirib olgan qirg‘izistonlik mansabdor qamoqqa olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarosining 9 bosh qoramolini o‘zlashtirib, uni qaytarib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan mansabdorni qo‘lga oldi.

Mamlakat MXDQ axboroot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Qo‘mitaga ariza bilan murojaat qilgan. U Olabuqa tumani Ko‘ktosh qishloq okrugi « Jayit komiteti» raisi K.K. ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Arizachining so‘zlariga ko‘ra, unga tegishli to‘qqiz bosh qoramolni mazkur shaxs noqonuniy saqlab kelgan va 2 ming AQSh dollari evaziga qoramollarni qaytarib berishini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan ayni paytda «Tovlamachilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

K.K. tovlamachilik summasining bir qismini – 1 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, ikki oy muddatga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Jalolobod viloyatidagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring