Panamadagi «Kalmar o‘yini» kechasida 8 kishi halok bo‘ldi
Panamada «Kalmar o‘yini» uslubidagi ziyofat otishma bilan yakunlandi, sakkiz kishi halok bo‘ldi va yetti kishi yaralandi. Fojia o‘tgan juma kuni tungi klubda Xellouin bayramini nishonlash vaqtida sodir bo‘lgan. Bu haqda AVS telekanali ma’lum qildi.
Politsiya voqeani guruhlar urushi natijasida sodir bo‘lganligini ma’lum qilgan. Prokuror Rafael Baloyesning so‘zlariga ko‘ra, o‘yin ishtirokchilaridan biri Los Galaktikos guruhi a’zolariga qarata o‘q uzgan. Ular esa o‘z navbatida bunga javob qaytarishgan.
Natijada klubda besh kishi halok bo‘lgan, keyinroq yana uchta jasad mahalliy chiqindixonadan topilgan. Politsiya voqea ishtirokchilaridan ikki kishini hibsga oldi.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisada ishtirok etganlarning ba’zilari allaqachon sudlangan, ular boshqa otishmalarga duch kelgan va hatto o‘qdan jarohat olgan.
Panama rasmiylari voqeani giyohvand moddalar savdosi yo‘llarini nazorat qilish uchun jinoiy guruhlar o‘rtasidagi kurash bilan bog‘lashmoqda. So‘nggi haftada jinoiy to‘dalarning bir nechta a’zosi o‘ldirilgan.
Malumot uchun Panamada 160 ga yaqin jinoiy to‘dalar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar odatiy holga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter