Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pashinyan: Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olishga tayyor

Pashinyan: Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olishga tayyor

Kecha, 22 may kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olishga tayyorligini bildirdi. Bu haqida u matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Armaniston bosh vaziri Tog‘li Qorabog‘dagi armanlar huquqlarining ta’minlanishi «unutilib qolmasligi» va Ozarbayjon «etnik tozalash va genotsid» siyosatini olib bormasligi uchun xalqaro darajada kafolatlar berilishi shartligini ta’kidlagan.

«Tog‘li Qorabog‘ni qo‘shib hisoblaganda umumiy hudud 86 ming kvadrat kilometr hisoblanadi. Ammo biz Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligi masalasini Stepanakert-Boku muloqotida muhokama qilishimiz kerak», — degan Nikola Nashinyan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring