Pashinyan iste’foga chiqishga tayyorligini e’lon qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqishga tayyorligini aytdi.
Pashinyanga ko‘ra, iste’fo agar mamlakat va odamlarga yordam bo‘lsa, u ketishga tayyor.
Lekin siyosatchi bu jarayon teskari oqibatlarga olib kelishiga ishonchi komil.
«Agar mening istefoga chiqishim barcha muammolarni hal qilishini bilsam, buni bir soniyada bajaraman, chunki men sizdan farqli o‘laroq, stulga yopishib olganim yo‘q... Lekin mening tahlillarim shuni ko‘rsatadiki, bu aniq teskari natijaga yetaklaydi. Iste’fo amalga oshmayotganining sababi shu», — dedi bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonning Qorabog‘dagi harbiy operatsiyasi natijasida tan olinmagan respublika mag‘lub bo‘ldi va yuz mingdan oshiq etnik arman Armanistonga yo‘l oldi. Ko‘plab muxolifatchilar Pashinyanning ketishini talab qilib Yerevanda namoyish o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter